中Xitoy va Oʻzbekiston ·
Xitoy harbiy universitetlari AQSH taqiqiga qaramay Nvidia chiplarini xarid qilmoqda
Xitoy harbiy universitetlari AQSHning cheklovlariga qaramay, Nvidia kompaniyasining ilgʻor protsessorlarini xarid qilishda davom etmoqda.
Reuters surishtiruvida Xitoyning mudofaa sanoatiga aloqador universitetlari Nvidia chiplarini mahalliy vositachilar orqali sotib olayotgani aniqlandi. Ular taqiqlangan chiplar oʻrnatilgan serverlarni ham ijaraga olmoqda.
Xitoy Shimoli-gʻarbiy politexnika universiteti oktyabr oyida Nvidia H200 rusumli ikkita kuchli sunʼiy intellekt chipini 874,7 ming yuanga (123 ming dollar) sotib olgan.
Universitetlar, shuningdek, Xitoyga eksport qilish taqiqlangan protsessorlar oʻrnatilgan serverlardan foydalanish uchun pul toʻlamoqda.
Manba: Daryo · 11-noyabr