Zitou Telegram Boshlash
Bepul ilova · oʻzbek tilida

Xitoy tilini har kuni 10 daqiqada oʻrganing

HSK soʻzlari, xitoylik ovozi, chiziq tartibida yozish va unutishdan oldin takrorlaydigan aqlli mashq. Yana: doʻstlar bilan bellashuv, AI ustoz bilan suhbat va HSK sinov imtihoni — hammasi bitta ilovada.

Roʻyxatdan oʻtmasdan ishlaydi · telefon, planshet, kompyuter · Telegram ichida ham

Orqadagi yulduzlar — 523 ta HSK iyeroglifi. Birortasini bosing.

✕12 XP
Maʼnosini tanlang学生xuéshēng
124 039soʻzli lugʻat
8 296HSK soʻzi oʻzbekcha tarjimasi bilan
8 563soʻz xitoylik ovozida
17 429misol gap

Uch qadam

1Darajani tanlangHSK 1 dan boshlang yoki oʻz darajangizni tanlang: HSK 2025, 3.0 yoki 2.0.
2Har kuni mashq qilingYangi soʻz: iyeroglif, ovoz, maʼno. Keyin savollar — oʻqish, tinglash, tarjima, yozish.
3Takrorlash oʻzi keladiIlova qaysi soʻzni qachon takrorlashni oʻzi hisoblaydi. Siz faqat «Boshlash»ni bosasiz.
Yozish

Har bir chiziq
oʻz tartibida

Avval koʻrasiz, keyin kulrang ustidan yozasiz, keyin yoddan — barmogʻingiz bilan. Ilova har bir chiziqni tekshiradi. Lugʻatda 9 565 ta iyeroglif.

学xué

oʻrganmoq, oʻqimoq — 8 ta chiziq

Ovoz

Xitoylik
ovozida eshiting

8 563 ta soʻz ona tilida soʻzlashuvchilar ovozida. Tonlar rangda: 1-ton qizil, 2-ton toʻq sariq, 3-ton yashil, 4-ton koʻk.

谢谢xiè xierahmat
AI ustoz

Hayotiy vaziyatda
gaplashing

Taksi, restoran, mehmonxona, Yiwu bozori, universitet yoki yangi doʻst: AI ikkinchi odam rolini oʻynaydi, darajangizda javob beradi va xatoingizni tuzatadi.

Namuna · Taksi
你好!你去哪儿?Nǐ hǎo! Nǐ qù nǎr?Salom! Qayerga borasiz?
我去火车站
好的,火车站。远吗?Hǎo de, huǒchēzhàn. Yuǎn ma?Xoʻp, vokzalga. Uzoqmi?
Birga

Yolgʻiz emas —
doʻstlar bilan

Har kuni qaytishga sabab: doʻstlaringiz bilan bellashuv, haftalik liga, lenta va xabarlar.

1v1 bellashuv7 savol, 10 soniyadan. Raqib — haqiqiy oʻquvchi.
Haftalik liga10 kishilik guruh, top 3 yuqori ligaga chiqadi.
XabarlarBir-biringizni kuzatsangiz — yozishasiz, soʻz kartasi yuborasiz.
LentaBugun nimani oʻrgandingiz — doʻstlaringiz koʻradi.
Imkoniyatlar

Hammasi bitta ilovada

Kitob, lugʻat, kartochka va daftar oʻrniga — bitta ilova.

Aqlli takrorlashHar bir soʻz aynan unutay deganingizda qaytadi (FSRS).
Katta lugʻatIyeroglif, pinyin yoki oʻzbekcha maʼno boʻyicha qidiring.
HSK sinov imtihoniHaqiqiy formatda: tinglash, vaqt, ball va har bir savol tahlili.
Zitou HanziIyeroglif yozish oʻyinlari, ish varaqlari va sinf vositalari — ilova ichida.
AI ustozVaziyatli suhbat mashqi va xatolarni tuzatish.
TarjimonMatn, ovoz va rasmdan — xitoychadan va xitoychaga.
Grammatika HSK 1–4Qolip, qisqa qoida, misollar va 2 daqiqalik mashq.
Rasmli hikoyalarXitoylik oʻqib beradi, har soʻz ustida pinyin.
Talaffuz mashqiSoʻzni ayting — ilova tushundimi, darhol koʻrasiz.
Ton mashqiToʻrt tonni quloq bilan ajratish va ritmda aytish.
SinflarUstoz sinf ochadi: oʻquvchilar mashqi, imtihonlar va jonli oʻyinlar.
UstozlarDaraja, narx va shahar boʻyicha ustoz toping va Telegram'da yozing.
Narx

Asosiysi bepul

Bepul — va shunday qoladi

  • Lugʻat va HSK kursi
  • Kunlik mashq va aqlli takrorlash
  • Xitoylik ovozi, yozish, tonlar
  • Bellashuv, liga, lenta, xabarlar
  • HSK sinov imtihoni — haftasiga 1 ta
  • Talaffuz tekshiruvi — kuniga 5 ta
  • AI ustoz — kuniga 10 ta xabar

Pro — imtihonga tayyorlanayotganlar uchun

  • Cheksiz HSK sinov imtihonlari
  • Cheksiz talaffuz tekshiruvi va AI tushuntirish
  • AI ustoz — kuniga 80 ta xabar
  • Oflayn audio
  • Bir hafta bepul sinab koʻrish (bir marta)
Savollar

Koʻp soʻraladigan savollar

Bepulmi?

Ha. Lugʻat, HSK kursi, mashq, ovoz, yozish, ton mashqi, bellashuv va doʻstlar bepul va shunday qoladi. Pro — imtihonga tayyorlanayotganlar uchun qoʻshimchalar.

Roʻyxatdan oʻtish kerakmi?

Yoʻq. Natijalar qurilmada saqlanadi. Hisob ochsangiz (Apple, Google yoki Telegram bilan), natijalar hamma qurilmangizda boʻladi va doʻstlar bilan bellashasiz.

Telegram'da ishlaydimi?

Ha. @zitouggbot'ni oching va «Zitou» tugmasini bosing — ilova Telegram ichida ochiladi va hisobingizga avtomatik kiradi.

Tarjimalar qayerdan?

Inglizcha maʼnolar — CC-CEDICT lugʻatidan. Oʻzbekcha va ruscha tarjimalar AI yordamida tayyorlangan va tekshirib borilmoqda: hozir 8 296 soʻzda bor.

Telefonga oʻrnatsa boʻladimi?

Ha. Brauzer menyusidan «Bosh ekranga qoʻshish»ni tanlang — ilova kabi ochiladi.

Bugun

Birinchi soʻzingiz —
bir daqiqada

Roʻyxatdan oʻtmasdan boshlaysiz. Asosiy oʻrganish bepul.