中Xitoy va Oʻzbekiston ·
Pekin neft universitetining Qoramoy kampusi
Pekin neft universitetining Qoramoy kampusi Xitoyda zamonaviy taʼlim va ilm-fan markazi sifatida rivojlanmoqda.
Pekin neft universitetining Qoramoy kampusi 2015 yilda ochilgan va Xitoyning Shinjong-Uyğur avtonom rayonida joylashgan. Bu yerda taʼlim jarayoni hududning sanoat salohiyati va iqtisodiy ehtiyojlari bilan chambarchas bogʻlangan.
Universitetda neft va gaz muhandisligi, geologik resurslar va geologik muhandislik, kimyo texnologiyalari, axborot texnologiyalari, dasturiy taʼminot, maʼlumotlar ilmi va boshqa zamonaviy yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi. Hozirgi kunda kampusda 27 ta bakalavriat, 20 ta magistratura va 17 ta doktora yoʻnalishlari mavjud.
Qoramoy kampusi tajribasi Oʻzbekiston uchun ham ahamiyatga ega. Mamlakatimizda neft-gaz sanoatini modernizatsiya qilish, geologiya-qidiruv ishlarini takomillashtirish, uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash, muqobil energetikani rivojlantirish va malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhim vazifalardan hisoblanadi.
Manba: UzA · 16-noyabr