中Xitoy va Oʻzbekiston ·
Toshkent shahar boshqaruvini takomillashtirishda xalqaro hamkorlik
Toshkent shahar hokimligi McKinsey & Company kompaniyasi bilan hamkorlikda shahar boshqaruvini takomillashtirish va strategik tashabbuslarni amalga oshirish samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Toshkent shahar hokimligi va McKinsey & Company kompaniyasi oʻrtasidagi uchrashuvda «Toshkent-2030» rivojlanish dasturi boʻyicha yagona yondashuvni shakllantirish, shahar boshqaruv tizimini takomillashtirish va strategik tashabbuslarni amalga oshirish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Pekin, Ar-Riyod, Dubay va Moskva kabi yirik megapolislardagi rivojlanish tajribasi koʻrib chiqildi va ushbu amaliyotdagi boshqaruv yondashuvlarini Toshkentda qoʻllash imkoniyatlari muhokama qilindi.
McKinsey & Company kompaniyasi davlat tuzilmalariga, xalqaro korporatsiyalarga va moliya institutlariga uzoq muddatli strategiyalar ishlab chiqish, boshqaruvni takomillashtirish va raqamli transformatsiya masalalari boʻyicha maslahat beradi.
Manba: UzA · 3-noyabr