中Xitoy va Oʻzbekiston ·
Oʻzbekiston-Xitoy: istiqbolli loyihalar muhokama qilindi
Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va taklif etilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston va Xitoy kompaniyalari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va taklif etilgan tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Xususan, Xitoy kompaniyalari vakillari bilan Sir darё tumani hududida «Amir Temurning harbiy sanʼati» etnohududi va sohilboʻyi turistlik shaharchasini barpo etish loyihasi koʻrib chiqildi.
Shuningdek, «Ikkimamlakat — ikki sanoat parki» hamda «Xitoy — ShHT yashil sanoat namunali parki» loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur tashabbuslar viloyatning turistlik jozibadorligini oshirish, sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi ish oʻrinlari yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Germaniya kompaniyasi vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda yoshlarni kasbga tayyorlash va ularning bandligini taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratildi. Jumladan, sir darёlik yoshlarni temir yoʻl sohasiga oid mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish, nemis tilini oʻrgatish, shuningdek, duall taʼlim dasturlari asosida Germaniya va boshqa Yevropa davlatlarida mehnat faoliyatini boshlashlari uchun sharoit yaratish yuzasidan takliflar bildirildi.
Manba: UzA · 5-noyabr