工Iqtisod va ish ·
Xitoylik investor Toshkentda mehmonxona loyihalarini taqdim etdi
Xitoy kompaniyasi Toshkentda mehmonxonalar qurish va ularni Marriott guruhiga boshqaruvga berish boʻyicha kelishuvlarga erishganini maʼlum qildi.
Hukumat va turizm sohasi tadbirkorlari oʻrtasidagi ochiq muloqotda Xitoy kompaniyasi vakili Toshkentda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida maʼlumot berdi. Investor oʻtgan haftada Marriott mehmonxonalar guruhi bilan Beijing Plaza hamda High Town City obʼyektlarini boshqaruvga topshirish boʻyicha shartnomalar imzolaganini bildirdi.
Toshkent shahar hokimligi bilan muhokama qilinayotgan ushbu loyihalar uchun har biri taxminan 20 gektardan iborat ikkita yer maydoni belgilab olingan. Investor, shuningdek, Chilonzor tumanidagi «Bunyodkor» stadioni yaqinida joylashgan va uzoq vaqtdan beri kelishib olinmayotgan loyihani surishtirdi.
Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev ushbu loyihani avvalgi koʻrinishida davom ettirish Toshkent shahri bosh rejasiga zid kelishini tushuntirdi. Kompaniya yangilangan takliflarni taqdim etgan boʻlib, ular maʼqullanganidan soʻng Bosh vazir bilan kelishib olinadi.
Manba: UzDaily · 25-noyabr