体Sport ·
Para Osiyo oʻyinlarida Xitoy birinchi, Oʻzbekiston uchinchi oʻrinni egalladi
Aichi-Nagoyada yakunlangan beshinchi Para Osiyo oʻyinlarida Xitoy terma jamoasi peshqadam boʻldi, Oʻzbekiston sportchilari esa umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egalladi.
19-oktyabrdan 24-oktyabrgacha davom etgan musobaqada Xitoy terma jamoasi jami 435 ta medal toʻplab, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi pogʻonani 186 ta medal bilan mezbon Yaponiya vakillari band etdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi mazkur musobaqada jami 145 ta medalga ega chiqdi. Shulardan 45 tasi oltin, 49 tasi kumush va 51 tasi bronza medallaridir. Shuningdek, mamlakat para atletlari bahslar davomida 1 ta jahon, 7 ta Para Osiyo oʻyinlari hamda 5 ta qitʼa rekordini yangiladi.
Taqqoslash uchun, bundan 3 yil avval Xanchjou shahrida oʻtgan musobaqada Oʻzbekiston vakillari 25 ta oltin, 24 ta kumush va 30 ta bronza, yaʼni jami 79 ta medal bilan 45 ta mamlakat orasida 8-oʻrinni egallagan edi. 24-oktyabr kuni mazkur oʻyinlarning rasmiy yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Manba: Gazeta.uz · 24-oktabr