科Texnologiya ·
Oʻzbekiston Xitoyda qurilish robotlarini oʻrganmoqda
Oʻzbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi delegatsiyasi Xitoyda qurilish ishlarini avtomatlashtirish uchun robotlardan foydalanish imkoniyatlarini oʻrgandi.
Oʻzbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining yosh meʼmorlardan iborat delegatsiyasi Xitoyga tashrif buyurdi. Ular qurilish sohasi uchun robototexnika yechimlarini ishlab chiquvchi MacigBIM kompaniyasida boʻldilar. Xitoylik mutaxassislar robotlarni yaratish, dasturlash va ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash haqida soʻzlab berdilar.
Tashrif davomida delegatsiyaga obyektlarni skanerlash, binolarning uch oʻlchamli modellarini yaratish, devorlarni pardozlash hamda pol plitkalarini yotqizish texnologiyalari koʻrsatildi. Shuningdek, robototexnikadan binolarning xavfli hamda borish qiyin boʻlgan qismlarini va muhandislik kommunikatsiyalarini obdon tekshirishda foydalanish namoyish etildi.
Uchrashuvda robototexnika yechimlarini binolarni axborot modellashtirish texnologiyalari hamda sunʼiy intellekt bilan birlashtirish masalalari muhokama qilindi. Yakunda ushbu texnologiyalarni Oʻzbekiston qurilish sohasida joriy etish va jarayonlarni raqamlashtirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Manba: UzDaily · 10-noyabr