工Iqtisod va ish ·
Xitoy kompaniyasi kosmetika sohasiga sarmoya kiritishi mumkin
Xitoyning «Xiʼan Giant Biogene Technology» kompaniyasi Oʻzbekistonning kosmetika sanoatiga sarmoya kiritish va mahalliy bozorda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganmoqda.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Shahlo Ibragimova «Xiʼan Giant Biogene Technology» kompaniyasi prezidenti Fan Szyuan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muzokaralarda Xitoy kosmetika sohasi vakillari va investorlar ham ishtirok etdi.
Muloqot chogʻida tomonlar Oʻzbekiston kosmetika bozorining salohiyati hamda hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qildilar. Asosiy eʼtibor mahalliy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlash, Xitoy sarmoyalarini jalb etish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga qaratildi.
Savdo-sanoat palatasi xorijiy kompaniyalarga oʻzbekistonlik sheriklarni topish, qoʻshma investitsiya loyihalarini tayyorlash hamda B2B shaklidagi biznes uchrashuvlarni tashkil etishda koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlarini mamlakat hududlarida joylashtirish imkoniyati muhokama qilindi. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Manba: UzDaily.uz · 4-noyabr