车Avtomobillar ·
Toshkent IIB xodimlariga 12 ta BYD avtomobili topshirildi
Toshkent shahar hokimligi poytaxt ichki ishlar organlariga 12 ta BYD avtomobili hamda profilaktika inspektorlari uchun mototsikllarni topshirdi.
Poytaxtning Yashnobod va Olmazor tumanlarida ichki ishlar organlari tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. Unda jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda alohida ajralib turgan xodimlar ragʻbatlantirildi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi barcha 12 ta tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalariga 12 ta yangi BYD xizmat avtomobili ajratildi. Ushbu zamonaviy va tejamkor avtomobillar voqea joyiga tezkor yetib borish hamda xizmat samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Shuningdek, mahalla inspektorlariga tor koʻchalarda va tigʻiz vaqtlarda tez harakatlanish imkonini beruvchi xizmat mototsikllari berildi. Bayram tadbiri davomida «Olmazor tumanining eng yaxshi profilaktika inspektori» gʻolibiga Cobalt avtomobili kaliti tantanali ravishda topshirildi.
Manba: Zamin.uz · 3-noyabr