车Avtomobillar ·
Exeed brendi Pekinda yangi konsept-karlarni taqdim etdi
Xitoyning Chery konserniga tegishli Exeed brendi Pekin avtosalonida boʻlajak elektr va gibrid avtomobillari uchun moʻljallangan yangi konsept-karlarini namoyish qildi.
Pekindagi xalqaro avtosalonda Exeed brendi «Future Luxury» deb nomlangan yangi dizayn konsepsiyasini taqdim etdi. Koʻrgazmada Exeed X-Concept hamda EX Vision nomli modellar koʻrsatildi. Ushbu avtomobillar brendning kelgusidagi elektr va gibrid mashinalari yoʻnalishini belgilab beradi.
Yangi konsepsiyaga koʻra ishlab chiqilgan avtomobillar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Ularda Falcon 700 intellektual avtopilot tizimi, sunʼiy intellektga asoslangan interfeys va tez quvvatlanuvchi yangi avlod batareyalari mavjud. Mini-ven hamda yoʻltanlamas birikmasidan iborat X-Concept modeli toʻliq avtopilot rejimida harakatlanish uchun moʻljallangan.
Taqdim etilgan avtomobillarning eng eʼtiborli jihati ularning gʻildiraklari 90 darajaga burila olishidir. Bu xususiyat shaharda avtomobilni tor joylarga yon tomonga oson va qulay parkovka qilish imkonini beradi.
Manba: Zamin.uz · 13-noyabr