文Madaniyat va bayramlar ·
Pekin shahrida Tamerlan davri tarixi boʻyicha maʼruza
Pekin shahrida «Markaziy Osiyoda Tamerlan sulolasi tarixini oʻrganishning dolzarb masalalari va yoʻnalishlari: Oʻzbekiston ilmiy anʼanalari va manbalari» mavzusida maʼruza boʻlib oʻtdi.
Maʼruzada Pekin shahridagi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlar professor-oʻqituvchilari va talabalari qatnashdi. Tadbirda Amir Temurning oʻzbek xalqi tarixi, milliy davlatchilik taraqqiyoti hamda jahon tarixidagi oʻrni va beqiyos xizmatlari haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek, Tamerlan davriga oid tarixiy manbalar, ularning ilmiy qiymati, ushbu davr tarixini oʻrganishdagi ahamiyati va tadqiq etilishining bugungi holati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Maʼruza yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Manba: UzA · 24-oktabr