车Avtomobillar ·
Jizzaxdagi BYD zavodi ishlab chiqarishni yiliga 500 mingta avtomobilga yetkazmoqda
Jizzaxdagi BYD Uzbekistan Factory qoʻshma korxonasi loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichlari doirasida avtomobillar ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 mingta yetkazishni rejalashtirmoqda.
Jizzaxdagi BYD Uzbekistan Factory qoʻshma korxonasi avtomobillar ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 mingta yetkazishni rejalashtirmoqda. Hozirda zavod soatiga 12 ta, kuniga esa 100 ta avtomobil ishlab chiqarmoqda.
Loyihaning birinchi bosqichi qiymati 160 million dollarni tashkil etgan boʻlib, uning yillik ishlab chiqarish quvvati 50 mingta gibrid va elektromobilga moʻljallangan. Loyiha 2024 yil yanvar oyida Oʻzbekiston Prezidentining Xitoyga tashrifi davomida ishga tushirilgan.
BYD Uzbekistan Factory zavodida BYD Song Plus Champion DM-i krossoveri va BYD Chazor DM-i sedani toʻliq ishlab chiqarish sikli asosida tayyorlanadi. Zavod erkin iqtisodiy zona hududidagi 27 gektar maydonni egallaydi.
Kompaniya yana 60 gektar yer ajratilishini soʻragan. Korxona unga tutash hududda yiliga 150 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega ikkinchi zavod qurishni rejalashtirmoqda.
Manba: UzDaily · 26-oktabr