贸Savdo va kargo ·
Shanxayda Oʻzbekiston kimyo sanoati namoyish etilmoqda
Xitoyning Shanxay shahri 9-Xitoy xalqaro import koʻrgazmasiga mezbonlik qilmoqda. Unda «Oʻzkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati ham oʻz mahsulotlari bilan faol ishtirok etmoqda.
Shanxayda oʻtayotgan ushbu nufuzli xalqaro koʻrgazmada mamlakatimiz korxonalari «Made in Uzbekistan» milliy brendi ostida oʻz mahsulot va ishlanmalarini namoyish etmoqda. Milliy stendda kimyo sanoati mahsulotlari bilan bir qatorda qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, yengil sanoat, toʻqimachilik va hunarmandchilik namunalari oʻrin olgan.
Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekistonning investitsiyaviy va logistika salohiyati ham taqdim etilmoqda. «Oʻzkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati oʻz mahsulotlari orqali tarmoqning ishlab chiqarish imkoniyatlari, mahsulot turlari va eksport salohiyatini xalqaro hamjamiyatga tanishtirmoqda.
Jamiyat axborot xizmatiga koʻra, bunday nufuzli tadbirlarda ishtirok etish xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, yangi ishbilarmonlik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish hamda hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish imkonini beradi. Xitoydagi ushbu xalqaro koʻrgazma 10-noyabr kuni oʻz ishini yakunlaydi.
Manba: UzA · 6-noyabr