旅Viza va sayohat ·
Oʻzbekistonliklarning Xitoyga boʻlgan qiziqishi ortmoqda
Aviasales.uz tahlillariga koʻra, vizasiz rejim va yangi aviakompaniyalar sabab oʻzbekistonliklarning Xitoyga boʻlgan qiziqishi ortdi. Endi Xitoy sayyohlik yoʻnalishi sifatida ham ommalashmoqda.
Aviasales.uz qidiruv xizmatining joriy yil 1-yanvaridan 20-oktyabrigacha boʻlgan tahlillariga koʻra, oʻzbekistonliklarning Xitoyga boʻlgan qiziqishi sezilarli darajada ortgan. Bunda Oʻzbekiston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy etilgani asosiy omillardan biri boʻldi. Fuqarolar 2025-yil 1-iyundan eʼtiboran Xitoyda vizasiz boʻlishlari mumkin.
Bozorga yangi aviatashuvchilarning kirib kelishi aviachiptalar narxi arzonlashishiga va parvozlar geografiyasi kengayishiga xizmat qildi. Ilgari u yerga asosan ishbilarmonlik va biznes maqsadlarida tashrif buyurilgan boʻlsa, endilikda Xitoy ommabop sayyohlik yoʻnalishiga ham aylanmoqda.
Tahlillarga koʻra, Xanchjou yoʻnalishida biznes-klassda uchish narxi ekonom-klassga nisbatan qariyb 2,5 baravar qimmat turadi. Umuman olganda, aviatsiya bozoridagi oʻzgarishlar va qulay sharoitlar sababli Oʻzbekistondan Xitoy shaharlariga sayohat qiluvchilar oqimi oshib bormoqda.
Manba: UzA · 6-noyabr