中Xitoy va Oʻzbekiston ·
Chery va JAJO loyihasi dunyo rekordini oʻrnatdi
Chery Uzbekistan va JAJO hamkorlik loyihasi Instagramʼda 75 milliondan ortiq izoh bilan dunyo rekordini oʻrnatdi.
Chery Uzbekistan va trevel-bloger JAJO ( @jajo_uzbekistan_boylab )ning qoʻshma loyihasi yakunlandi. Ushbu loyiha butun mamlakat boʻylab millionlab insonlarni oʻzaro birlashtirdi.
Loyiha davomida bloger Chery avtomobilini mamlakat yoʻllarida sinovdan oʻtkazdi – yoʻnalish Oʻzbekistonning turli hududlaridan oʻtib, Nukusgacha davom etdi.
Auditoriyaning aql bovar qilmaydigan darajada qoʻllab-quvatlashi tarixiy yutuqqa aylandi: tanlov postida 75 milliondan ortiq izoh qoldirildi.
Andijonlik Jahongir Fozilov barcha 400 ta sovrinni qoʻlga kiritdi. Sovgʻalarning katta roʻyxatiga ega boʻldi, ular orasida: skuter; 30 gramm oltin; maishiy texnika; uy uchun mebel, kosmetika toʻplamlari va boshqa sovgʻalar.
Manba: Daryo · 26-noyabr